65 yoshdan oshganlarning koʻchaga chiqishi taqiqlandi

11:08 22 Mart 2020 Dunyo
952 0

Foto: www.google.com

Turkiya hukumati koronavirus yuqtirish xavfi sababli yoshi 65dan oshgan shaxslarning koʻchaga chiqishini taqiqladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

“Yakshanba soat 00.00dan boshlab yoshi 65dan oshgan hamda surunkali kasalliklari boʻlgan shaxslarning koʻchaga chiqishi va parklarda, bogʻlarda hamda shunga oʻxshash ochiq maydonlarda sayr qilish taqiqlanadi“, — deyiladi xabarda.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 670 nafarga yetgan.

Eslatib oʻtamiz, butun dunyo boʻyicha 234 mingdan ortiq kishi bu kasallikka chalindi, 10 mingga yaqin kishi vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер