60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar uchun aviachiptalarga 25 foiz chegirma eʼlon qilindi
Иллюстратив фото
Kuzning oxiri Uzbekistan Airways yoʻlovchilari uchun koʻplab kutilmagan sovgʻalarni tayyorlab qoʻygan. 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan yuqori ayollar uchun turizm oyligi munosabati bilan aviakompaniya 1-noyabrdan boshlab 30-noyabrga qadar amalga oshiriladigan barcha ichki aviaqatnovlarning ekonom-klassi uchun (K-klass va undan yuqori) aviachiptalarining amaldagi narxiga 25 foiz chegirma taqdim etadi.
Chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali yoki Oʻzbekistonda joylashgan aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin. Aviachipta sotib olayotganda yoningizda pasport yoki ID karta boʻlishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring