Issiqxonada qovun yetishtirishdan 60 million soʻm daromad
Beshariqliklar qovun yetishtirish va uni uzoq muddat saqlash borasida katta hayotiy tajribaga ega.
Ayni kunlarda tuman ahli qovunni ilmiy, innovatsion gʻoyalar asosida yetishtirib, ichki bozorni taʼminlash, eksport qilish boʻyicha quvonarli yutuqlarga erishyapti.
Ariqboshi mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Sharifjon Omonov “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 35 million soʻm kredit olib, 6 sotix yerga issiqxona qurdi. Yaxshi niyat bilan 145 tup limon koʻchatlarini olib kelib oʻtqazdi. Koʻchat oralariga mart oyining boshlarida 1500 tup qovun ekdi.
Ikki oyda qovun moʻl hosilga kirdi. Hisob-kitobga koʻra, har bir tup qovundan 4 tadan hosil olinganda ham rosa 60 million soʻm daromad olish mumkin. Qovun tuplarida esa 6-7 tadan xomaklar bor. Har biri oʻrtacha 2-4 kilodan tosh bosib, hosil bozorda peshma-pesh sotilyapti. Shuningdek, hosilning bir qismini qoʻshni mamlakatlarga eksport qilish ham rejalashtirilmoqda.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring