6 oyda 68,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan

14:43 25 Iyul 2023 Jamiyat
627 0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 68,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,8 %ga oshgan.

2023-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 34 102 taga yetgan.

Qurilish korxonalarining eng katta qismi, yaʼni 6 911 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 20,3 % Toshkent shahrida joylashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер