6 oyda 1,1 trln soʻmlik mebel ishlab chiqarildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida 5 779 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 1,1 trln. soʻmlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Tarmoqning 2020-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 101,0 % ni tashkil etdi.
Mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 2021-yilning:
yanvar oyida 109,5 mlrd. soʻm;
yanvar-fevral oylarida 225,0 mlrd. soʻm;
yanvar-mart oylarida 473,2 mlrd. soʻm;
yanvar-aprel oylarida 689,6 mlrd. soʻm;
yanvar-may oylarida 823,4 mlrd. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahri 25,7 % (1 331 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan), Andijon viloyati 10,6 % (567 ta), hamda Toshkent viloyati 9,4 % (657 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring