565 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida, viloyat DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X. S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida yashovchi fuqaro Yu.O.ning yashash xonadoniga kirib avtomashinadagi tamaki mahsulotlarini tushirayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatilib xonadon belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va aksiz markalari bilan markalanmagan, umumiy qiymati 565 million soʻmlik 9 turdagi jami 32 ming 860 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring