5 yilda yosh tadbirkorlar 5 barobar koʻpaydi – Prezident

10:58 20 Avgust 2021 Jamiyat
650 0

Davlatimiz rahbari tadbirkor yoshlar va ayollar safi kengayib borayotganini alohida taʼkidladi.

– Men bugun ushbu zalda va joylardagi studiyalarda qatnashayotgan yuzlab tadbirkor yoshlar va opa-singillarimizni koʻrib turganimdan benihoyat xursandman.

Biz keyingi 2 yilning oʻzida, faqatgina xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga 500 million dollar mablagʻ yoʻnaltirdik. Ularni oʻz biznesini boshlashi, jumladan kasb va tadbirkorlikni puxta oʻrganishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Soʻnggi 5 yilda yosh tadbirkorlar 5 barobar koʻpayib, ularning soni 500 mingdan oshdi.

Tadbirkor ayollar va yoshlar safini yana-da kengaytirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash bundan keyin ham iqtisodiy siyosatimizning eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi, – dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер