5-aprel kuni Qozogʻiston Prezidenti tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Qadimiy Xiva shahrida oʻtadigan muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini koʻpaytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring