Toshkentning 2 tumanida 31-oktyabr kuni issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi
Issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta'mirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 31-oktabr kuni quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:
—Mirobod tumani: Gospitalniy dahasi, Shahrisabz, Oybek, Fidokor, Mirobod, S. Azimov ko'chalari.
—Yashnobod tumani: S. Azimov ko'chasi.
Issiq suv ta'minoti favqulodda ta'mirlash ishlari tugashi bilanoq tiklanadi. «Veolia Energy Tashkent» MChJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr soʻraydi va issiq suv taʼminotini tezroq tiklash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring