300dan ortiq internet-firibgarlari qoʻlga olindi

14:41 18 Avgust 2020 Dunyo
1034 0

Singapurda 300dan ortiq fuqaro firibgarlik, pulni yuvish, litsenziyasiz sudxoʻrlik faoliyati bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda. Bu haqda CNA manbasi xabar berdi.

Ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinganlar 3-avgustdan 14-avgustga qadar politsiya tomonidan oʻtkazilgan maxsus operatsiya chogʻida qoʻlga olingan.

Hammasi boʻlib 220 erkak va 93 nafar ayol kishi ushlangan. Ularning eng kichigi 16, eng kattasi 76 yoshda.

Qayd etilishicha, besh erkak va toʻrt ayol firibgarlik hamda ishonchni suiisteʼmol qilishda gumonlanib qamoqqa olingan.

Yana 49 erkak va 29 ayol elektron savdoda firibgarlik qilish va umumiy qiymati 1,24 mln. dollardan ziyod mablagʻni yuvishda ayblanyapti.

Qolgan 166 erkak va 60 ayol esa qarzlar hamda kredit agentliklari faoliyati bilan bilan bogʻliq firibgarlikka aloqadorlikda gumon qilinib, tergovga tortilgan. Bu boradagi umumiy summa 296 mingdan ziyod Singapur dollariga teng.

«Operatsiya miqyosi bizga oʻsib borayotgan onlayn-firibgarlik tahdidini eslatmoqda va internetdan foydalanishda ehtiyotkor boʻlishimizga chaqiryapti», — deydi Bedok politsiya boʻlimi boshligʻi, politsiya komissari yordamchisi Julius Lim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер