3 yoshli bolaning qotili umrbodga qamalgani rad etildi

11:23 30 Oktyabr 2024 Jamiyat
252 0

Bugun, 30-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “3 yoshli bolaning qotili umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganligi” haqida xabarlar tarqaldi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning maʼlum qilishicha, bu kabi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Unga koʻra, Jinoyat kodeksining 97, 25,97, 219 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan S. M. (1993-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan) ga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudiga joriy yilning 29-oktyabr kuni kelib tushgan boʻlib, ayni paytda mazmunan koʻrib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

“Shu oʻrinda yurtdoshlarimizni bu kabi “feyk” maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz. Axborot resurslaridan haqqoniyligi tasdiqlanmagan, asossiz maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻrab qolamiz. Eslatib oʻtamiz, yolgʻon axborot tarqatganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud!” deb yozadi Abidov.

Joriy yilning 9-iyul kuni Toshkent shahrida 31 yoshli erkak oʻzi bilan birga qonuniy nikohdan oʻtmasdan yashab kelgan ayolning birinchi turmushidan tugʻilgan 3 yashar oʻgʻlini pichoqlab, oʻldirgani xabar berilgandi.

Shundan soʻng sudning 2024-yil 10-iyuldagi ajrimlaribilan iltimosnomalar qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi S. M.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazish belgilan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер