3 500 qutidan ortiq noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi

14:29 10 Mart 2025 Jamiyat
247 0

Toshkent shahrining ikki tumanida aksiz markalari boʻlmagan tamaki mahsulotlari savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi, DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.R.ning (muqaddam sudlangan) vaqtincha yashash xonadoni va avtomashinasi koʻzdan kechirilganda sotish uchun moʻljallangan turli nomdagi umumiy bahosi 89,4 million soʻmlik 633 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Boshqa bir holatda, Departamentning Mirobod tuman boʻlimi va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A.ning xonadonida umumiy bahosi 57,3 million soʻmlik 2 905 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер