2.500.000 soʻm isteʼmolchiga qaytarildi...

17:05 11 Noyabr 2019 Jamiyat
978 0

Illyustrativ foto

LG”, “SAMSUNG”, “ARTEL”, “SONY”, “JVC”, “PANASONIC”... Bu roʻyxatni yana davom ettirish mumkin. Koʻpchilik xotirasidan joy egallab ulgurgan yuqoridagi nomlar televizor ishlab chiqaruvchi ilgʻor kompaniyalarga tegishli. Raqobat kuchaysa, sifat boʻladi deyilganidek bugun jahon bozorida bir-biridan sifatli televizor mahsulotlarini uchratish mumkin. Ichki bozorda xam maishiy texnika vositalari orasida televizorga talab yuqori. Lekin xar doim xam “sifatli“, “100% ishonchli“, “mukammal“ atamalarini televizorlarga nisbatan qoʻllash notoʻgʻri. Butun dunyo yangiliklaridan xabardor etuvchi ushbu qurilma gohida isteʼmolchi va tadbirkor orasida tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi hech kimga sir emas. Sabab bitta: Sifatsiz televizor!

Olot tuman Isteʼmolchilar Huquqlarini XHimoya Qilish jamiyatiga fuqaro Sh.Shodmonov tomonidan yoʻllangan arizada xam aynan shu muammo aks etgan. Isteʼmolchimiz “Nurullo Traider” savdo doʻkonidan 2.500.000 soʻmga televizor xarid qilgan edi. Oradan hali hech qancha vaqt oʻtmasidan televizorning “yangi qirralari“ koʻzga tashlandi. Tadbirkorga bu haqida bir necha marotaba maʼlum qilishiga qaramasdan muammo yechilmadi. Olot tuman Isteʼmolchilar Huquqlarini Himoya Qilish jamiyati ilgʻor mutaxassisi I.Hamrayevning aralashuvi bilan holat oʻrganildi va ijobiy hal etildi. 2.500.000 soʻm pulini toʻliq qaytarib olgan Sh.Shodmonov benihoya minnatdor. Qonun - barcha muammoga oydinlik kirita oladigan odil hakam, faqat kerakli paytda murojaat qilishni oʻrganishimiz kerak!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер