25-mayda bizni qanday ob-havo kutmoqda?
Foto: Sanjar Shomurodov/"Xalq so`zi"
“Oʻzgidromet” xizmati 25-may, yakshanba kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi. Aksariyat hududlarda havo biroz bulutli va oʻzgaruvchan boʻlib, yogʻingarchilik kuzatilmaydi.
Baʼzi hududlarda qisqa muddatli yomgʻir va momaqaldiroq ehtimoli bor. Shamol sharqdan esib, ayrim joylarda kuchayadi, chang-toʻzonlar kuzatiladi. Eng yuqori harorat Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilishi kutilmoqda — 38 darajagacha.
Toshkent shahri va viloyatida havo biroz bulutli boʻladi. Kechqurun qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 15–20, kunduzi 32–35 daraja issiqlik atrofida boʻladi. Shamol 12 m/s gacha kuchayib, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.
Qoraqalpogʻiston va Xorazmda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20, kunduzi 30–35 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 17–22, kunduz kuni esa 30–35 daraja boʻladi. Shamol 13–18 m/s gacha kuchayadi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 15–20, kunduzi 30–35 daraja atrofida boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq va quruq boʻladi. Harorat 33–38 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Shamol kuchayishi natijasida chang-toʻzonlar ehtimoli bor.
Andijon, Namangan va Fargʻonada havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 17–22, kunduzi esa 30–35 daraja boʻladi. Shamol baʼzi hududlarda 18 m/s gacha boʻlishi mumkin.
Togʻ va togʻoldi hududlarda qisqa muddatli yomgʻir va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel xavfi ehtimoldan xoli emas. Harorat kechasi 10–15, kunduz kuni 20–25 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring