24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin
“Oʻzgidromet” 24-mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan. 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan. 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 gradus iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baland togʻ hududlarida qorga aylanishi mumkin. Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor.
Togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan. 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring