21 ming bosh joʻja bepul tarqatildi
Andijon viloyati Boʻston tumanida ehtiyojmand oilalarni daromadga yoʻnaltirish maqsadida 21 ming bosh joʻja aholiga bepul tarqatildi.
— Mutaxassislar xonadonimizga kelishib, joʻjalarni parvarishlash, daromad olish sirlarini oʻrgatishyapti, — deydi uy bekasi Lolaxon Xalimova. — Aytishlaricha, 40-50 kunda 2,5 kg. goʻsht toʻplar ekan. Bir oyda 1 mln. 200 ming soʻm foyda koʻrsa boʻlarkan. Bu men kabi uy bekalari uchun daromad topishning eng maqbul yoʻlidir.
Tumanda shuningdek, aholiga echki va quyon tarqatish ishlari ham samarali yoʻlga qoʻyilgan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring