2030 yilga qadar Jizzaxda 25 ming oilaga mo‘ljallangan 500 ta ko‘p qavatli uy barpo etiladi — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kelgusi yetti yilga oid rejalar haqida to‘xtaldi.
“Odamlarimizning uy-joyga ehtiyojini ta’minlash maqsadida, 2030 yilga qadar 25 ming oilaga mo‘ljallangan 500 ta ko‘p qavatli uy barpo etiladi.
Viloyatda eng dolzarb bo‘lgan ichimlik suvi masalasiga e’tiborni yanada kuchaytiramiz.
Kelgusi yilda Zarafshon daryosidan 160 kilometr magistral quvurni tortish hisobiga, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Do‘stlik, Paxtakor, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzax shahridagi 600 ming aholining suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi.
Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 100 ta mahallada 2 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlari o‘tkaziladi. Natijada, 320 ming aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Umuman, 2030 yilga qadar viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti 90 foizga yetadi”, – dedi nomzod.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring