2030 yilga qadar yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqarishga erishamiz — Shavkat Mirziyoyev

19:59 14 Iyun 2023 Iqtisodiyot
795 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlikka oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Bir raqamga e’tibor qiling: Asaka tumanidagi sanoat ishlab chiqarish hajmlari respublikaning 9 ta viloyati sanoatidan yuqori.

Biz avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha 1 milliard dollar investisiya kiritamiz.
Bu orqali, kelgusi ikki yilda avtomobil ishlab chiqarishni hozirgi 300 ming donadan 500 ming donaga olib chiqamiz. 

2030 yilga qadar esa yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqarishga erishamiz. Shuningdek, Asakada 13 ta korxona ishtirokida yirik mashinasozlik klasteri tashkil etilmoqda”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер