2030-yilga kelib 50 milliard kilovatt soat “yashil energiya” ishlab chiqariladi
Bugun, 3-iyul kuni OʼzLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Rustam Kalanov “Xusma” nomli mehmonxona majlislar zalida Sergeli tumani saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda saylovoldi dasturiga binoan mamlakatimizda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻzlandi. Xususan, 2024-yildan sanoatda “yashil sertifikat”lar bozori yaratiladi. Avtobuslar toʻliq ekologik toza elektr yoki gaz yonilgʻisiga oʻtkaziladi. Barcha yangi uylar va asbob-uskunalarga energiyani tejash boʻyicha talablar joriy etiladi. Iqtisodiyotda energiya samaradorligi 2 karra oshiriladi. 2030-yilga kelib 50 milliard kilovatt soat “yashil energiya” ishlab chiqariladi. 10 ming kilometr magistral va 110 ming kilometr hududiy elektr tarmoqlari barpo etiladi.
Tadbir yakunida ishonchli vakil saylovchilarni xalq farovonligi yoʻlida izlanishda boʻlgan nomzodni saylovda qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring