2025-yilga qadar yogʻoch, fanera, yogʻochli opalubka va oynani import qilishda bojxona boji bekor qilinadi

17:53 05 Aprel 2023 Siyosat
754 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash uchun qurilish tannarxini pasaytirish zarurligi alohida taʼkidlandi. Shu maqsadda:

— 2025-yilga qadar yogʻoch, fanera, yogʻochli opalubka va oynani import qilishda bojxona bojini bekor qilish;

— yuqori markali sement boʻyicha bojxona boji imtiyozini yana 1 yilga uzaytirish (buning hisobiga uy-joy qurish tannarxi 5 foizgacha pasayadi);

— pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uyni qavatma-qavat garovga qoʻyish va har bir qavati uchun kredit olish huquqini berish;

— banklar beradigan kreditlarni davlat tomonidan qayta moliyalash amaliyotini davom ettirish;

— quruvchilarga kafillik va kompensatsiya toʻlash tartibini takomillashtirish;

— aholiga oʻz uyini energiya tejamkor materiallardan foydalanib taʼmirlashiga 10 yilga 16,5 foizdan 80 million soʻmgacha kredit berishga qaror qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер