2025-yilda Saudiya Arabistoniga borgan oʻzbekistonliklar soni ochiqlandi
2025-yil davomida 366 251 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, Saudiya Arabistoniga borgan oʻzbekistonliklarning 197,9 ming nafari sayohat maqsadida safar qilgan. Shuningdek, qarindoshlarni yoʻqlash uchun borganlar 38,2 ming nafarni, davolanish uchun 924 nafar, xizmat yuzasidan 66 nafar hamda oʻqish maqsadida safar qilganlar 31 nafarni tashkil qilgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 163 ming nafarga yoki 71 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring