2025-yilda Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,7 foizga oʻsdi
2025-yilda Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 849,7 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Yalpi ichki mahsulot hajmi yillar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- 2021-yil — 861,2 trln soʻm;
- 2022-yil — 1 041,9 trln soʻm;
- 2023-yil — 1 261,8 trln soʻm;
- 2024-yil — 1 535,4 trln soʻm;
- 2025-yil — 1 849,7 trln soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring