2025-yilda Gruziyaga borgan oʻzbekistonliklar soni toʻgʻrisida maʼlumot berildi
2025-yilda jami 17,3 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Gruziyaga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
2025-yilda Gruziyaga borgan Oʻzbekiston fuqarolari soni safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
- sayohat – 18 364 nafar;
- qarindoshlarni yoʻqlash – 1 885 nafar
- davolanish – 27 nafar;
- xizmat yuzasidan – 65 nafar;
- oʻqish – 31 nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5 ming 798 nafarga yoki 50,2 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring