2025-yilda 1,9 ming kishi taqiqlangan ekinlarni ekkani uchun javobgarlikka tortilgan
Illyustrativ foto
2025-yilda Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan 1 912 nafar shaxs sudlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, sudlangan shaxslarning 211 nafariga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish, 1 687 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.
Shuningdek, 14 nafar shaxsga nisbatan shartli hukm chiqarilgan. 4 nafar shaxsga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanildi.
Bildirilishicha, ushbu jinoyat turi bilan bogʻliq eng koʻp ishlar Fargʻona, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida koʻrilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring