2023/2024 oʻquv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi
Foto: Illustrativ surat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
2023/2024 oʻquv yili qabul marametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari fan majmualari qoʻshimcha tasdiqlanadi.
Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning 279-son qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasini tasdiqlash vakolati berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring