2023-yilgi Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun eʼlon qilindi

10:50 07 Fevral 2023 Jamiyat
2119 0

2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Davlat dasturi loyihasi jami 309 ta banddan iborat.

Farmon loyihasi muhokamasi 2023-yil 17-fevral kuniga qadar davom etadi.

“Hurmatli yurtdoshlar! Unutmang, siz tomoningizdan bildirilgan taklif va tashabbuslar 2023-yilgi Davlat dasturida belgilanadigan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etadi” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер