2023-yilda buyurtmachilar tomonidan 13 620 ta savdo jarayonida 20 090 ta raqobatga zid harakat aniqlangan

16:11 11 Yanvar 2024 Jamiyat
462 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Raqobat qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Otabek Usmonov maʼlum qildi.

Qoʻmita va hududiy boshqarmaga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 1 142 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlar asosida oʻtkazilgan tahlil natijasida 569 ta holatda raqobatga zid qonun buzilish aniqlangan.

Shuningdek, qonun buzilishlarining raqobatga zid holatlar kesimida oʻrganilganda 70,0 % holatlar savdolar oʻtkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibni buzish bilan bogʻliq boʻlsa, 30,0%da savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish tashkil etadi.

Yuqorida aniqlangan holatlar yuzasidan qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan 500 ga yaqin mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер