2023-yilda Bojxona qoʻmitasi tomonidan 9,2 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etilgan

17:53 10 Yanvar 2024 Jamiyat
390 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov maʼlum qildi.

Shuningdek, 650 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi, 8 778 dona qurol-yarogʻ va portlovchi moddalar aniqlandi.

2023-yil davomida 5mln 700 ming quti tamaki mahsulotining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Hisobot davrida bojxona yuk deklaratsiyalarini inson omilisiz avtomatik rasmiylashtirish hajmi eksportda 86 foizni tashkil qildi.

Tadbirkorlarimiz tomonidan bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan hudud imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda xorijga umumiy qiymati 728 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi tovarlar eksport qilindi.

Davlat byudjetiga 58,4 trln soʻm miqdorida mablagʻ oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер