2022/2023 oʻquv yilidan maktab formasi toʻliq joriy etiladi
2022/2023 oʻquv yilidan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun maktab formasi toʻliq joriy etiladi.
Kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan sotib olinishida koʻmaklashiladi.
2022-yil 10-avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.
Taʼlim muassasasi tomonidan barchaga koʻrinadigan joylarga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi toʻgʻrisida tegishli eʼlon joylashtiriladi hamda ota-onalar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring