2022—2023-oʻquv yili uchun 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi — DTM
Foto: Arxiv surat
2022—2023-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari natijalariga koʻra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan
39 962 nafari — davlat granti;
150 413 nafari — toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning taʼlim shakllari boʻyicha taqsimoti:
Kunduzgi taʼlim shakli — 118 352 nafar;
Sirtqi taʼlim shakli — 45 407 nafar;
Kechki taʼlim shakli — 9 139 nafar;
Masofaviy taʼlim shakli — 3 416 nafar.
Tanlov natijalariga koʻra:
davlat granti asosida oʻrtacha ball — 121,2 ballni;
toʻlov-kontrakt asosida oʻrtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring