2020-yilgi Myunxen marafoni yangicha formatda oʻtkaziladi

21:56 02 Iyul 2020 Dunyo
1053 0

Marafon tashkilotchilari Myunxendagi musobaqalar formatini oʻzgartirganini eʼlon qildi.

Sport musobaqasi 2020-yil 11-oktyabrga rejalashtirilmoqda. Tashkilotchilar marafon ishtirokchilar sonini 12,6 minggacha cheklab, marafon masofasini qisqartirishdi. Endi yuguruvchilar oldingi 42 km oʻrniga 30 km masofani bosib oʻtishlari kerak.

Bundan tashqari, tashkilotchilar ishtirokchilarning xavfsizligini taʼminlash uchun qoidalar toʻplami va gigiyena instruksiyalarini ham ishlab chiqdilar.

“Bizning barcha qarorlarimiz tasdiqlash uchun Myunxendagi tegishli idoralarga yuborildi. “Biz Myunxenda uchrashib, «2020-yilgi marafonni boshqacha oʻtkazamiz” shiori ostida marafonni tashkillashtirishni rejalashtirmoqdamiz”, - deydi Myunxen marafoni direktori Yorg Venig.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер