2020-yilda qancha odam qatl qilingani maʼlum boʻldi

06:28 22 Aprel 2021 Dunyo
1642 0

2020-yilda dunyoda qatl qilinganlar soni soʻnggi oʻn yil ichida eng past koʻrsatkichga tashkil qilgan. Bu haqda Xalqaro Amnistiya tashkiloti maʼlumotiga tayanib TACC axborot agentligi xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 2020-yilda 483 nafar odam qatl qilingan. 2019-yilda esa bu raqam 657 nafarni tashkil etgan.

Shuningdek, 2015-yilda bu holatlar soni rekord darajaga chiqqan boʻlib, oʻsha yilda 1634 kishi qatl qilingan.

Taʼkidlanishicha, oxirgi oʻn yil ichidagi qatl qilinishlarning pasayishi Saudiya Arabistoni va Iroqda bunday jazolar qoʻllanishi kamaygani bilan bogʻliq. Masalan, ushbu vaqt oraligʻida Saudiya Arabistonida qatl qilinishlar soni 85 foizga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер