2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp soliq toʻlagan kompaniyalar TOP-10 reytingi eʼlon qilindi

17:11 09 Fevral 2021 Iqtisodiyot
2081 0

Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi matbuot xizmati 2020-yil sarhisobi haqida maʼlumotlarni maʼlum qildi.

Mazkur toifaga mansub yirik soliq toʻlovchilar oʻtgan yilda 836 ta boʻlgan boʻlsa, joriy yildan ularning safi kengayib, umumiy soni 1 120 taga yetdi.

Oʻtgan 2020-yil yakunlariga koʻra, respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,6 trln soʻmni tashkil etgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, shundan 67,7 trln soʻm miqdordagi soliq tushumlari aynan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan amalga oshirilgan. 2020-yilda respublika boʻyicha jami soʻm soliq tushumlarining 65 foizdan ortigʻi Inspeksiya tomonidan undirilgan.

2020-yil yakuniga koʻra, eng koʻp soliq tushumlarini amalga oshirgan yirik soliq toʻlovchilar TOP-10 taligi quyidagicha koʻrinish oldi:

1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 

2. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

3. “Oʻztransgaz” AJ

4. “Oʻzbekneftgaz” AJ 

5. “OʻZBAT” AJ QK

6. “Lukoil”

7. “Oʻzavto Motors” AJ

8. “Oʻzbektelekom” AJ

9. “Hududgaztaʼminot” AJ

10. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJ

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер