2010-yilgacha berilgan haydovchilik guvohnomalari 31-martdan haqiqiyligini yoʻqotadi

18:15 21 Yanvar 2023 Jamiyat
833 0

Foto: Arxiv surat

Hukumatning 2022-yil 12-apreldagi [178-son] qaroriga asosan eski namunadagi barcha haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha belgilangan:

— 2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari — 2023-yil 31-martgacha;

— 2010-2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-iyungacha;

— 2013-2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-sentyabrgacha;

— 2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер