200 nafar isteʼdodni chorlagan festival

15:49 01 May 2019 Jamiyat
1251 0

Arxiv foto

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Zarafshon” konsert zalida shu yil 3-8 may kunlari Toshkent shahridagi “Turkiston” saroyida boʻlib oʻtadigan 11 Xalqaro bolalar yoshlar ijod koʻrik-tanlovi oldidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda radio, televideniye, respublika gazeta tahririyatlaridan kelgan jurnalistlar ishtirok etdi. Tanlov tashkilotchilarining taʼkidlashicha, festival garchi 2007 yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan boʻlsa-da, xalqaro maqom tusini olganiga ikki yil boʻldi. Oʻtgan safargi tanlovda yigirma nafar ishtirokchi qatnashgan boʻlsa, bu yilgisida ikki ikki yuzdan ortiq ishtirokchi tashrif buyuradi. Rossiya, Hindiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi davlatlardan ijrochi yoshlar bilan birga taniqli sanʼatkorlar, madaniyat namoyandalarining ham kelishi kutilmoqda.

Sobir OʻNAROV, (“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер