2 mingta mahalla biror marta “Tashabbusli byudjet”da loyiha joylashtirmagan

14:51 13 Mart 2026 Siyosat
299 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekistonda aholi tomonidan energetika, yoʻl, suv infratuzilmasi boʻyicha 2025-yilda yoʻllangan murojaatlar 109 mingdan oshgan. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Ayniqsa, Asaka, Shahrixon, Izboskan, Pastdargʻom, Shoʻrchi, Denov, Gʻuzor, Qamashi, Dehqonobod, Sharof Rashidov tumanlari, Samarqand, Namangan, Termiz, Qarshi va Andijon shaharlarida infratuzilma boʻyicha murojaatlar koʻpaygan.

Joriy yil ushbu masalalarni hal qilish boʻyicha 20 trillion soʻm berilgan. Hokimlar mazkur mablagʻlarni, birinchi navbatda, eng koʻp shikoyat tushayotgan mahallalarga yoʻnaltirsa, odamlar ham rozi boʻlishi, murojaat ham qisqarishi qayd etildi.

Mahalla aholisining ogʻirini yengil qilishda “Tashabbusli byudjet” dasturi katta samara berayotgani taʼkidlandi.

Lekin infratuzilma masalasida 25 mingta ariza kelib tushgan 2 mingta mahalla biror marta “Tashabbusli byudjet”da loyiha joylashtirmagan.

Mutasaddilarga Xalq qabulxonasiga kelgan murojaatlarni tahlil qilib, mazkur mahallalarga loyiha qilishga koʻmaklashganida edi, bu orqali koʻplab masalalar joyida hal qilish mumkin boʻlgani koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер