2 millionga yaqin fuqarolar “Soliq” mobil ilovasidan foydalanmoqda

18:28 28 Oktyabr 2022 Iqtisodiyot
936 0

Foto: Arxiv surat

“Soliq” mobil ilovasida 2022-yil boshidan 1 887 370 nafar fuqaro roʻyxatdan oʻtgan. Ularning 500 mingdan ortigʻi «Keshbek», “Oʻzini oʻzi band qilish”, “Soliqlarni toʻlash”, “Soliq hamkor” kabi xizmatlarning aktiv foydalanuvchilaridir.

“Soliq” mobil ilovasi Google Play va AppStore maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistondagi eng ommabop mobil ilovalar reytingining TOP-15 taligida;

Similarweb, DigitalRank(TM) maʼlumotlari boʻyicha, Oʻzbekistonda “Moliya” toifasidagi eng ommabop mobil ilovalar reytingining TOP-5 taligida qayd etilgan.

Davlat soliq qoʻmitasining “Soliq mobil ilovasi va uning imkoniyatlari” mavzusidagi matbuot anjumani doirasida mobil ilova boʻyicha batafsil taqdimot oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер