19-iyul kuni havo harorati 45 darajagacha koʻtariladi

16:03 18 Iyul 2025 Jamiyat
310 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 19-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechqurun ayrim joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 40-45 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 40-45 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер