19-dekabrdan “Toshkent – Moskva” yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi ayni damda Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va yangi yil bayramini Oʻzbekistonda kutib olishni niyat qilgan hamyurtlarmiz va chet el fuqarolariga bayram tuhfasi sifatida joriy yilning 19-dekabridan eʼtiboran “Toshkent – Moskva – Toshkent” yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovini yoʻlga qoʻymoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur yoʻnalishdagi qatnovlar “Uzautotrans Service” korxonasi tomonidan zamonaviy Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Qatnovlar “Toshkent” avtovokzali va Moskvaning “Novoyasenevskaya” avtostansiyasidan amalga oshiriladi.
Joriy yilning 19-dekabr kuni soat 12:00 da ilk avtobus Rossiya Federatsiya poytaxti Moskva shahri tomon “Toshkent” avtovokzalidan yoʻlga chiqadi. Mazkur yoʻnalish boʻyicha chipta narxi 900 000 soʻm etib belgilangan.
“Ushbu qatnov boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni “Toshkent” avtovokzalining (71) 207-87-00 hamda (97) 758 14 24, (99) 808 47 42, (99) 808 47 17 telefon raqamlari orqali olish mumkin” , - deyio.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod va Qozon shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring