160 nafar harbiy yangi uyga koʻchib kirdi

16:48 11 Yanvar 2024 Jamiyat
628 0

Namangan viloyatining Pop tumanidagi harbiy qism xizmatchilari Vatan himoyachilari bayramini qoʻshaloq quvonch bilan kutib olishyapti.

Tumanning “Qoʻshminor” mahallasida qurib bitkazilgan beshta koʻp qavatli turarjoy binosi kuni kecha ular ixtiyoriga topshirildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda Mudofaa vazirligi, Pop tumani hokimligi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Unda soʻz olganlar mamlakatimiz Qurolli kuchlari salohiyatini oshirish barobarida harbiylar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, xususan, ular turmush sharoitini yaxshilash borasidagi keng koʻlamli ishlarni mamnuniyat bilan eʼtirof etishdi. Shundan soʻng 160 nafar harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolariga shinam xonadonlar kaliti taqdim etildi.

— Zamonaviy va shinam toʻrt xonali uy oilamiz uchun chinakam bayram tuhfasi boʻldi, — deydi podpolkovnik Kamoliddin Muhammadiyev. — Bu yerda farzandlarimiz bilan munosib hayot kechirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Aytish lozimki, endilikda harbiylar shaharchasi maqomini olgan yangi turarjoy majmuasi zamonaviy standartlar asosida barpo etilgan boʻlib, undan zarur infratuzilma inshootlari, jumladan, bolalar oʻyingohi, minifutbol maydoni oʻrin olgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер