16-oktyabr — Xalqaro oziq-ovqat kuni
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 1979-yilda oʻtkazilgan konferensiyada ushbu kunni nishonlash taklifi ilgari surilgan.
1980-yil 5-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 35-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, har yilning 16-oktyabr kuni “Xalqaro oziq-ovqat kuni” deb eʼlon qilindi.
Bosh Assambleya mazkur hujjatda hukumatlar, milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni keng miqyosda yuqori darajada nishonlashga chaqiradi.
FAO maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda 2 milliarddan ortiq odam xavfsiz va sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlanmagan. 2020-yilda pandemiya sababli ochlikda kun kechirayotgan odamlar soni 690 million kishiga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring