15 mlrd. soʻmlik salkam 1 million quti noqonuniy tamaki mahsulotlari toʻxtatib qolindi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Boldir” temir yoʻl chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan temir yoʻl poyezdi tarkibidagi vagonlardan biri belgilangan tartibda bojxona nazoratida oʻtkazildi.
Natijada ushbu vagonda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, aksiz markalari mavjud boʻlmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan umumiy qiymati 15 mlrd. soʻmlik 999956 quti “MILANO” nomli sigaret mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, oʻtgan oyda ham aynan mazkur bojxona posti orqali olib oʻtilayotgan 12,7 mlrd. soʻmlik 851 ming quti noqonuniy tamaki mahsuloti toʻxtatib qolingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring