1,5 ming qutidan ortiq noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Toshkentda 2 mingga yaqin aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Sergeli tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Sh.Sh.” MCHJ rahbari Sh.J. savdo doʻkonida xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 184,7 million soʻmlik 303 dona elektron va 1 592 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring