15 iyundan umumiy ovqatlanish obyektlari, bogʻchalar va buyum bozorlari qayta ochiladi

07:51 04 Iyun 2020 Jamiyat
1963 0

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, bogʻchalar va buyum bozorlari faoliyati tiklanadi.

Umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilar:

banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik;

faoliyatini 8:00dan 23:00ga qadar tashkil etish;

stollar oraligʻidagi 2 metrdan kam boʻlmagan ijtimoiy masofani taʼminlash;

bir stol atrofida 4 kishidan koʻp boʻlmagan (10 kishidan koʻp boʻlmagan bir oila aʼzolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;

xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqopda boʻlishi;

har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:

mashgʻulotlarni 15 kishidan ortiq boʻlmagan guruhlarda tashkil etish;

binolarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshak”lar bilan jihozlash;

xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

tana harorati 37S va undan yuqori boʻlgan yoki infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashgʻulotlarga kiritmaslik choralarini koʻrish talab etiladi.

Buyum bozorlari:

doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshak”lar bilan jihozlanishi,

sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi,

har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37S va undan yuqori boʻlgan, infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan holatda hamda tibbiy niqobda boʻlmagan hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini koʻrish talab etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер