15-fevraldan Toshkent — Omsk yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

22:02 10 Fevral 2020 Jamiyat
894 0

Foto: mintrans.uz

Rossiyaga boruvchi yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 15-fevralidan eʼtiboran Toshkent-Omsk yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.

Transport vazirligi xabariga koʻra, mazkur yoʻnalishda Uzautotrans Service korxonasi oʻz avtobuslarida xizmat koʻrsatadi. Qatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlariga belgilangan. Shaharlar oʻrtasidagi 2200 km masofani avtobuslar 32 soatda bosib oʻtadi.

Ushbu yoʻnalish boʻylab ilk avtobus 15-fevral kuni soat 18:00da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahrining “Komarova” avtovokzali tomon harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yoʻnalish boʻyicha chipta narxi 450 000 soʻm etib belgilangan.

“Uzautotrans service korxonasi tomonidan yoʻlovchilarga yuqori darajada servis xizmatini koʻrsatish va tashuvlar xavfsizligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Yoʻnalishga chiqishdan oldin avtobuslar texnik koʻrikdan haydovchilar esa tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Yoʻlovchi tashish faoliyati sugʻurta kompaniyasi tomonidan sugʻurtalangan”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер