14-yanvar kuni “Men Gʼolib” ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkaziladi
Vatan himoyachilari kuni va mamlakatning Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan “Humo Arena” start-finish maydonchasida “Men Gʼolib” anʼanaviy qishki ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Tadbir dasturiga 3 ta masofa kiritilgan: 3 km, 10 km va 1 km masofada “Family Run” (oilaviy ommaviy yugurish musobaqasi). Havaskor yuguruvchilar shaxsiy musobaqalarda ishtirok etadi, idoraviy tuzilmalar uchun esa jamoaviy musobaqalar tashkil etiladi. 14-yanvar kuni ishtirokchilarning yigʻilishi 07:00 da boshlanadi, musobaqaga 08:00 da start beriladi.
“Men Gʼolib” kubogi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Prezident xavfsizligi davlat xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining vakillaridan tashkil topgan 8 ta jamoa oʻrtasida oʻynaladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring