136 nafar ehtiyojmand talabalarning shartnoma puli toʻlab beriladi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan 136 nafar talaba xotin-qizlarning oliy oʻquv yurtlarida oʻqishi uchun toʻlov shartnoma pullari toʻlab beriladi.
Viloyat hokimligining shu haqdagi qarori 2024-yilning 22-avgust kuni imzolanib, “E-qaror” elektron tizimiga joylashtirilgan.
Qarorda ushbu maqsad uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 698185000 ming soʻm miqdoridagi mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan. Toʻlovlar viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan belgilangan roʻyxat asosida nomzodlarning shartnoma toʻlovi uchun oʻtkazib beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring