1,2 milliard dollarlik kelishuvlar imzolandi

17:58 08 Yanvar 2024 Jamiyat
521 0

Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Xitoyning Tyanszin shahrida boʻlib oʻtgan yirik biznes forumida ishtirok etdi.

300 nafarga yaqin xitoylik ishbilarmonlar, yetakchi kompaniya vakillari qatnashgan ushbu tadbirda mezbonlar Oʻzbekistonga sarmoya kiritish kafolatlari va sohaga oid yangiliklar bilan tanishdilar.

— Forum doirasida Andijon viloyatining investitsiya salohiyati va hududdagi keng imkoniyatlar boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi, — deydi viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Muslimbek Ibrohimov. — Shundan soʻng ishbilarmonlar bilan biznes muzokaralar olib borildi. Natijada Xitoyning 10 dan ortiq kompaniyalar oʻrtasida umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Ushbu kelishuvlarga binoan tez orada Andijon viloyatida xorijlik hamkorlar ishtirokida charm poyabzallar, elektromobillar uchun akkumulyatorlar va lift ishlab chiqarish faoliyatlari, metall konstruksiya loyihasi, qalampir yetishtirish va qayta ishlash, 10 ta hududda GES qurish boʻyicha loyihalar amalga oshiriladi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер