11-sentyabrdan Kobul aeroporti yana faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda — OAV
Arxiv surat
Afgʻoniston poytaxti Kobul shahridagi Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroport 11-sentyabrdan yana faoliyatini davom ettiradi.
Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi “Tolibon” harakatidagi oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda.
“Yoʻlovchi joy olgan samolyotlar 11-sentyabr kuni aeroportdan ucha boshlaydi. Bu xorijiy reyslar boʻlishi haqida dalillar bor”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, «Al-Jazira» telekanaliga bergan intervyusida Qatar tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Mutlak al-Kahtoniy qatarlik mutaxassislar aeroportdagi uskuna va texnikalarni taʼmirlash ishlarini tugatganini aytib oʻtgan edi.
Manbaga koʻra, xalqaro tijorat reyslari ham qayta tiklanadi. Shu bilan birga, evakuatsiya parvozlari, Qahtoniyga koʻra, rasman toʻxtatiladi.
4-sentyabr kuni Kobul aeroportiga Mozori Sharif va Qandahordan parvozlar amalga oshirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring