“103” xizmatiga bir kecha-kunduzda 42 506 ta chaqiriq kelib tushdi — Sogʻliqni saqlash vazirligi
Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Joriy yil 20-dekabr ertalabki soat 08:00 dan 21-dekabr 08:00 gacha Sogʻliqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga quyidagi maʼlumotlar kelib tushdi.
Sutka davomida tugʻruqlar soni:
Jami 2 632 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:
— 1 374 nafari oʻgʻil;
— 1 258 nafari qiz;
— 27 nafari egizak.
Eng koʻp tugʻuruq qayd etilgan hududlar:
— Samarqand viloyati — 279 nafar;
— Qashqadaryo viloyati — 274 nafar;
— Fargʻona viloyati — 266 nafar;
— Surxondaryo viloyati — 246 nafar;
— Namangan viloyati — 234 nafar.
“103” xizmati:
2 738 ta tibbiyot brigadasi faoliyat koʻrsatdi.
“Tez yordam”ga 42 506 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng koʻp chaqiriqlar:
— Fargʻona viloyati — 4 993 ta;
— Andijon viloyati — 4 793 ta;
— Namangan viloyati — 4 493 ta;
— Toshkent shahri — 4 423 ta.
Yurtimiz boʻyicha “103” xizmati orqali shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni:
— kattalar — 2 495 nafar;
— bolalar — 945 nafar.
Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va filiallariga 2 783 ta murojaat kelib tushdi.
Gospitalizatsiya qilingan bemorlar — 1 028 nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring